Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlandi va ushbu konsepsiyada maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
“maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o‘tkazish;
maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini keng joriy etish;
tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar ta’limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta’lim, eng yangi reabilitasiya va abilitasiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integrasiyalashuviga ko‘maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish”[1].
Mazkur vazifalarni bajarishda bolalarning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirish sohasida pedagoglarga jismoniy rivojlanishning uslubiy va pedagogik nuqtai nazardan to‘g‘ri tashkillashtirish uchun bolalar fiziologiyasi va psixologiyasini yaxshi o‘rganish va doimo ma’lum ilmiy yo’nalishlarga murojaat qilishlari hamda mazkur bilm va ko‘nikmalarga suyangan holda har bir mashg‘ulotga oldidan aniq vazifalar qo‘yishi lozim. Xar tomonlama rivojlangan, jismonan soglom yosh avlodni tarbiyalash davlat axamiyatiga molik vazifalardan xisoblanib uni amalga oshirish uchun esa bolalarni maktabgacha ta’lim davridan boshlab sog‘ligini mustaxkamlash, to‘g‘ri tarbiyalash va rivojlantirishning muhim shartlaridan biri bo‘lgan xilma-xil jismoniy tarbiya vositalari va uslublaridan keng foydalanish zarur.
O‘yin maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi xayotida muhim o‘rin tutganligi sababli pedagoglar tomonidan tarbiyaning asosiy vositasi sifatida qabul qilingan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rolli, didaktik, xarakatli va shunga o‘xshash o‘yinlar keng qo‘llaniladi. Biroq o‘yinlar ko‘pligiga qaramay aynan zarur xarakatli o‘yinlarni ajratib olish maqsadga muvofiq. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yin vazifalarini maroq bilan bajarish bilan birga o‘yin davomida turli xarakatlarni bajarish orqali jismoniy tomondan chiniqadi va jismoniy imkloniyatlari rivojlanadi.
Xarakatlarni ko‘p karra takrorlash bolalardan diqqat, irodaviy va jismoniy kuch, xarakatlar koordinasiyasini talab qiladi. Demak, o‘rta, ayniqsa katta maktabgacha yoshda xarakatli o‘yinlar nafaqat xarakat faolligi rivojlantirish uchun, balki epchillik, tezkorlik, chidamkorlik kabi sifatlarni tarbiyalash uchun muxim vosita xisoblanadi.
Xarakatli o‘yinlar organizmning asosiy fiziologik tizimlari (yurak qon-tomir, nafas) faoliyatini takomillashtirishga, bolalarni jismonan rivojlantirish, jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga, ma’naviy va irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam berish bilan bir qatorda ularning jismoniy faolligini oshiradi.
Xalqimizda “Daraxtdan meva olaman desang, niholligidan parvarish qil” degan naql bor. Tabiiyki, bolalarda jismoniy imkoniyatlarni rivojlantirishni tizimli ravishda amalga oshirish pedagoglardan kerakli mahorat va tajribalarni talab qiladi. Shu ma’noda mazkur toʻplam maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog tarbiyachilar va jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun bolalarning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishda koʻmaklashish maqsadida yaratidi.
[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli qarori.
Biz har doim siz bilan bog‘lanishga tayyormiz! Savollaringiz bo‘lsa yoki qo‘shimcha ma’lumot kerak bo‘lsa, biz bilan bog‘laning:
Jiydazor 1, Yakkasaroy tumani, Toshkent
+998 71 255 33 27 +998 71 255 33 07
info@healthysteps.uz
Dushanba - Shanba (09.00-18.00) Yakshanba (Dam olish kuni)