Asosiy mazmunga oʻtish

Maqsad

Bolalarning ekspressiv nutqini rivojlantirish. Diqqat, xotira, mantiqiy tafakkurini mustahkamlash. Nutqning grammatik shaklini rivojlantirish.

Kerakli jihozlar

  • mavzuga oid rasmlar

Oʻtkazilish tartibi

Oʻyinning borishi: tarbiyachi tomonidan oila aʼzolarining suratlari koʻrsatiladi. Boladan ushbu soʻzni erkalatib aytish soʻraladi. Masalan, oyi – oyijon.

Taʼlimiy maqsad: bolalarga otlarning erkalatish shakllarini oʻrgatish, lugʻatiga yangi soʻzlarni kiritish.

Tarbiyaviy maqsad: tarbiyachini, doʻstlarini diqqat bilan tinglash, kattalar va kichiklarga murojaat qilishda erkalash va hurmat qilish hissini tarbiyalash.