Asosiy mazmunga oʻtish

Maqsad

Bolalarda sogʻlom boʻlish uchun nima qilishimiz kerakligi haqidagi tushunchalarini mustahkamlash. Bolalarning koptok ilib olish malakasi oshadi. Bolalar nutqi rivojlanadi, fikrlash doirasi kengayadi. Kayfiyati koʻtariladi.

Oʻtkazilish tartibi

Oʻyinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qoʻliga olib, oʻyinni boshlab beradi.

  • Tarbiyachi: “Sogʻlom boʻlish uchun nima qilamiz?” Koptokni ilib olgan bola: “Sogʻlom boʻlish uchun hojatxonaga borgandan keyin qoʻllarimizni yaxshilab yuvamiz.”
  • Tarbiyachi: “Keyin yana nimalar qilamiz?” Koptokni ilib olgan bola: “Sogʻlom boʻlish uchun ovqatlanishdan oldin qoʻllarimizni tozalab yuvamiz.”
  • Tarbiyachi: “Sogʻlom boʻlish uchun nima qilamiz?” Koptokni ilib olgan bola: “Sogʻlom boʻlish uchun ovqatlanib boʻlgach qoʻllarimizni yuvamiz.”

Oʻyin shu tarzda davom etadi.