“Yongʻin xavfsizligi belgilari” pazl oʻyini
Maqsad
Bolalarga yongʻin xavfsizligi belgilari (yongʻin tugmasi, evakuatsiya chizigʻi, ogohlantiruvchi belgilar) haqidagi tushunchalarni mustahkamlash.
Oʻtkazilish tartibi
Oʻyinning borishi: Tarbiyachi bolajonlarga murojaat qiladi:
“Yongʻin xavfsizligi belgilari: yongʻin tugmasi, evakuatsiya chiqish yoʻllari, ogohlantiruvchi signallarni bilasiz-a? Kelinglar, hozir kichik guruhlarga boʻlinib, stol ustidagi pazl boʻlaklaridan bittadan olasiz. Bir xil rangdagi boʻlaklarni bitta qilib birlashtirasizlar va bu tasvirda yongʻin xavfsizligi belgisining qaysi turi tasvirlanganini aytasizlar.”
Har bir guruh aʼzolaridan biri oʻzlari yigʻgan pazl boʻlagida yongʻin xavfsizligi bilan bogʻliq belgi yoki holatni tanib, ushbu belgi nima uchun zarur ekanini tushuntiradi.
Bu oʻyin bolalarga yongʻin xavfsizligi haqida bilish, xavfli vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi boʻyicha muhim tushunchalarni oʻrgatadi.
Shu boʻlimdan yana
Boʻlimga oʻtish“Sogʻlom boʻlish uchun nima qilishimiz kerak?” oʻyini
Bolalarda sogʻlom boʻlish uchun nima qilishimiz kerakligi haqidagi tushunchalarini mustahkamlash. Bolalarning koptok ilib olish malakasi oshadi. Bolalar nutqi rivojlanadi...
Tana qismlarini oʻrganamiz, shaxsiy gigiena qoidalari
7 yoshdagi bolalarni odamning tana qismlari bilan tanishtirish, aqliy rivojlanish hamda bilish darajasini oshirish.
“Yoʻl harakati xavfsizligi” taʼlimiy oʻyinlari toʻplami
Maktabgacha yoshdagi bolalarni svetofor, yoʻl belgilari, yoʻl harakati qoidalari bilan tanishtirish, shu haqidagi bilimlarini mustahkamlash.