Asosiy mazmunga oʻtish

Maqsad

Maktabgacha yoshdagi bolalarni svetofor, yoʻl belgilari, yoʻl harakati qoidalari bilan tanishtirish, shu haqidagi bilimlarini mustahkamlash.

Oʻtkazilish tartibi

Faollik markazi bilan ishlash yuzasidan qisqacha qoʻllanmalar:

  • yoʻl harakati haqida bolalar bilan suhbatlar uyushtirish, savol-javoblar oʻtkazish;
  • mavzuga oid sheʼr, qoʻshiq va topishmoqlarni aytdirish;
  • turli rolli oʻyinlarni sahnalashtirish;
  • “Yoʻlga qara!”, “Bu qaysi belgi?”, “Nima qilish kerak?”, “Qizil, sariq va yashil”, “Haydovchi va yoʻlovchi” oʻyinlarini oʻynatish.

Taʼlimiy vazifasi: yoʻlning transport qatnov qismi va yoʻlovchilar uchun ajratilgan joylari haqida maʼlumotlar berish, yangi soʻzlarni (yer osti yoʻli, yer ustki qatnov qismi, chorraha) oʻzlashtirib, soʻz lugʻatini boyitish, DAN xodimi, haydovchi kasbi bilan tanishtirish va ularning vazifalari haqida soʻzlab berish.

Rivojlantiruvchi vazifasi: koʻrish, eshitish qobiliyatlarini va xotirasini rivojlantirish, tasavvur va tushunchalarni kengaytirish.

Tarbiyaviy vazifasi: yoʻl harakati qatnov qismida oʻynamaslik, kattalarga yoʻl berish, harakatlanish chogʻida xavfsizlikni taʼminlash va yoʻl belgilariga ahamiyat berish, shuningdek, muammoli vaziyatlarda oʻzlarini tutishga oʻrgatish.